Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi atrofidagi 37 gektar maydonda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ochiq jamoat bog‘iga aylantirish ishlari boshlandi.

Avvalroq, iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxt bog‘larini ko‘zdan kechirgan edi. Ularning holatini o‘rganish chog‘ida aholining muntazam dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish rejalari haqida ma’lum qilingan edi.

Loyihaning asosiy vazifalari hududni zamonaviy shaharsozlik talablari va aholi ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan. Ishlar ochiqlik va qulaylikni ta’minlash, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirishni rivojlantirish hamda zamonaviy infratuzilmani yaratish yo‘nalishlarida olib borilmoqda.

Ushbu tashabbus poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash va markaziy ko‘chalar hamda atrofdagi hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarning bir qismidir.

Source: podrobno.uz