Uzum Market O‘zbekiston bo‘ylab buyurtma berish punktlari (BBP) tarmog‘ini faol kengaytirmoqda. Hozirgi kunda kompaniyaning franchayzing tarmog‘i 600 dan ortiq punktlarni o‘z ichiga oladi va ularning aksariyati so‘nggi oylarda ochilgan.
Yangi ochilgan punktlar hali to‘liq quvvatda ishlamayotgani sababli, o‘rtacha ko‘rsatkichlar ularning to‘liq yuklanishiga qarab oshishi kutilmoqda. Hozirda Uzum Marketning bitta buyurtma berish punktining o‘rtacha oylik aylanmasi taxminan 26 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Har bir yangi punkt orqasida tadbirkorlar turibdi. Masalan, tadbirkor Azizbek Buriyev qisqa vaqt ichida Samarqand va Navoiy viloyatlarida yettita punkt ochdi. Uning tajribasi franchayzing modelining muvaffaqiyatini ko‘rsatmoqda.
Chustda 24 yoshli Azamjon Qodirov 2025-yil dekabr oyida bitta punktni ochib, 45 million so‘m sarmoya kiritdi. Bugungi kunda u uchta punktni boshqaradi va qo‘shni tumanlarda yangi punktlar ochib, tarmoqni o‘nta punktga yetkazishni rejalashtirmoqda.
G‘ijduvonda tadbirkor Gulmira Axatova eri va o‘g‘li bilan birgalikda Uzum Market punktini ochib, uni oilaviy biznesga aylantirdi. Bir necha oy ichida punkt nafaqat shahar aholisi, balki yaqin atrofdagi aholi punktlari xaridorlari orasida ham mashhur bo‘ldi.
Uzum Market operatsion direktori Danil Lebedevning ta’kidlashicha, buyurtma berish punktlarini ochish tadbirkorlarga tushunarli biznes modeli bilan o‘z ishini boshlash va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Kompaniya, ayniqsa, kichik aholi punktlarida punktlar ochishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Uzum Market franchayzing tarmog‘ini kichik shaharlar va aholi punktlarida rivojlantirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Punkt ochish shartlari va ariza formasi dastur saytida e’lon qilingan.
Source: uznews.uz