Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi milliy bog' hududidagi plyajda fojia yuz berdi – cho'milish vaqtida to'rt yoshli qiz cho'kib ketdi.

UzNews.uz'ning General prokuraturaga tayanib xabar berishicha, hodisa 5 avgust kuni taxminan soat 16:30 da sodir bo'lgan. Voqea haqida xabar 102 tizimiga Tez tibbiy yordam markazi orqali kelib tushgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ayol o'zining 4 va 8 yoshli nabiralari bilan plyajga cho'milish uchun kelgan. Cho'milish vaqtida kichik qiz suv ostida qolib, cho'kib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari bolaga birinchi yordam ko'rsatishgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo'lmagan.

Mutaxassislar ma'lumotiga ko'ra, halok bo'lgan qizning tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan. Aniq o'lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda tergov-operativ guruh, prokuratura xodimlari va Sud-tibbiy ekspertiza byurosi hodisa yuzasidan tekshiruv tadbirlarini olib bormoqda.

Source: uznews.uz