Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Erkin A'zam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug'ilgan. U 1967-yilda o'rta maktabni tamomlagach, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetiga o'qishga kirgan.

U respublika radiosida, "Guliston" va "Yoshlik" jurnallarida hamda G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyotida faoliyat yuritgan. 1995-yildan "Tafakkur" jurnalining bosh muharriri bo'lgan adib 1992-1994-yillarda O'zbekiston milliy axborot agentligida ishlagan, shuningdek, O'zbekiston Oliy Majlisining qonunchilik palatasida deputat bo'lgan.

Ijodiy faoliyati 1966-yilda viloyat gazetasida "Inson" hikoyasi bilan boshlangan. 1977-yilda "Chiroqlar o'chmagan kecha" hikoyalar to'plami chop etilgan. 1981-yilda "Otoyining tug'ilgan yili", 1984-1988-yillarda "Olam yam-yashil", "Javob", "Bayramdan boshqa kunlar" kabi asarlari nashr qilingan. 1998-yilda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" unvoniga sazovor bo'lgan.

Erkin A'zam qalamiga mansub "Shajara", "Jannat o'zi qaydadir?", "Farrosh kampirning tushi", "Xonadon egasi" va "Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi" asarlari asosida sahna asarlari yaratilgan. U "Chantrimore", "Piyoda", "Pakana", "Dilxiroj", "Erkak", "Zabarjad" kabi filmlarning ssenariy muallifi hisoblanadi.

Adibning ijodi o'zbek adabiyoti va madaniyatida alohida o'rin tutadi. Uning asarlari bugungi kunda ham o'quvchilar tomonidan sevib o'qilmoqda. Sana munosabati bilan "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeni sohibining asarlari asosida test tayyorlandi.

Source: www.gazeta.uz