Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida respublika bo‘ylab mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.
Ulardan 24 tasi guruhli, 372 tasi og‘ir oqibatli, 132 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan. Jami 580 kishi jabrlangan: 402 nafari og‘ir, 22 nafari yengil tan jarohati olgan, 146 nafari vafot etgan.
Eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat (168) va qurilish (159) sohalarida qayd etilgan. Savdo va xizmat ko‘rsatishda 22, transport va logistikada 20, sog‘liqni saqlashda 16, qishloq va suv xo‘jaligida 15, ta’limda 14 ta holat ro‘yxatga olingan.
Hududiy taqsimotda Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 95 ta holat. Toshkent viloyatida 58, Qashqadaryoda 38, Buxoroda 34, Andijon va Samarqandda 33 tadan, Navoiyda 31 ta hodisa qayd etilgan.
Jabrlanganlarga tovon to‘lash uchun 11 milliard 379 million so‘m bir martalik va oylik to‘lovlar undirilgan.
Source: uznews.uz