Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan narkotik moddalarni olib kirishga urinishning oldi olindi.
“Toshkent-Aero” kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi va poytaxt xalqaro aeroportidagi chegara bojxona posti xodimlari Bangkokdan kelgan ikki yo‘lovchining yukida sintetik narkotik modda — mefedronni aniqladi.
Yo‘lovchilar “yashil” koridordan o‘tayotganda ularning bagajida vino shishalari va plastik idishlarga yashirilgan jami 6,8 kg narkotik modda topildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Source: uznews.uz