Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, joriy yilda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan fuqarolar bir necha kun ketma-ket dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Xususan, mamlakat aholisi to‘rt kun davomida dam oladi: 29-avgust (shanba) — besh kunlik ish haftasida dam olish kuni; 30-avgust (yakshanba) — dam olish kuni; 31-avgust (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni; 1-sentabr (seshanba) — Mustaqillik kuni.

Shu bilan birga, 2-sentabr (chorshanba) ish kuni hisoblanadi. Vazirlik tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tartib besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mustaqilligi har yili 1-sentabrda keng nishonlanadi. Bu yil mamlakat mustaqillikka erishganining 35 yilligi nishonlanadi, shu munosabat bilan qo‘shimcha dam olish kunlari taqdim etilmoqda.

Source: uznews.uz