Avvalroq Namangan shahrida avtobusda 18 yoshli yo‘lovchiga nisbatan erkak tomonidan noo‘rin harakat qilingani, qiz esa o‘zini himoya qilib, unga javob bergani haqida xabar berilgan edi. Dastlab ikkala tomonga ham ma’muriy jarima tayinlangan edi.
Namangan viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi 18 yoshli qizga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jazo chorasini qayta ko‘rib chiqdi. Sud qizning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilganini aniqladi.
Natijada, birinchi instansiya sudining qizga nisbatan chiqargan qarori bekor qilindi va ma’muriy ish yuritish tugatildi. Bu qaror qizning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishda muhim pretsedent bo‘ldi.
Shu bilan birga, apellyatsiya instansiyasi aybdor erkakka nisbatan chiqarilgan qarorni ham qayta ko‘rib chiqdi. Sud dastlabki ko‘rib chiqishda unga juda yumshoq jazo tayinlanganini, jinoyatning jamiyat uchun xavflilik darajasi yetarlicha hisobga olinmaganini ta’kidladi.
Shunga ko‘ra, erkakka nisbatan birinchi instansiya sudining tegishli qismi bekor qilinib, unga nisbatan og‘irroq jazo tayinlandi. Bu holat sud tizimida adolatning tiklanishi va jabrlanuvchilar huquqlarining himoya qilinishiga misol bo‘ldi.
Source: uznews.uz