Octobank’ning yuridik shaxs mijozlari endi G16 deb nomlanuvchi 16 ta asosiy valyutada konversiya operatsiyalari va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
G16 Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy savdo yo‘nalishlari valyutalarini qamrab oladi: AED, CNH, SGD, EUR, GBP, CHF, PLN, CZK, SEK, NOK, DKK, CAD, MXN, AUD, NZD va JPY.
Biznes uchun bu xorijiy kontragentlar bilan hisob-kitoblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi savdo shartnomasi valyutasida amalga oshirish imkoniyatini beradi.
“Xalqaro savdo tobora ko‘p valyutali bo‘lib bormoqda. Kompaniyaning Xitoyda yetkazib beruvchisi, BAAda hamkori va Yevropada mijozi bo‘lishi mumkin — ularning har biri o‘z valyutasida hisob-kitob qilishni talab qiladi. Shuning uchun zamonaviy bankning vazifasi nafaqat xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, balki biznesga turli bozorlar bilan qulay ishlash imkonini beradigan infratuzilmani yaratishdir. Agar bank kompaniyaga tezroq harakat qilishda yordam bersa, demak u haqiqatan ham ishonchli hamkordir”, — deydi Octobank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bahodir Mirzayev.
Hisob-kitoblar onlayn. Konversiya operatsiyalari va xalqaro to‘lovlar Octobank internet-bankingi orqali amalga oshiriladi. Mijozga filialga borish shart emas: ariza va operatsiya raqamli formatda bajariladi.
Octobank — biznes ishonchli oldinga siljishi, yangi bozorlarni ochishi va o‘sishi mumkin bo‘lgan hamkor. Birgalikda natijaga!
Source: podrobno.uz