Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yayra Abdullayeva 1930-yil 14-avgustda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 1950-yilda Toshkent san’at institutini tamomlab, Hamza teatrida faoliyatini boshlagan. Aktrisaning kinodagi debyuti 1953-yilda “Boy ila xizmatchi” filmida bo‘lgan.

1954−1956-yillarda u “Opa-singil Rahmonovalar” va “Stadionda uchrashamiz” filmlarida suratga tushgan. 1960−1965-yillarda “Hamza” va “Vijdon amri bilan” filmlarida ishtirok etgan. 1978−1986-yillar oralig‘ida esa “Bahor melodiyasi”, “Leningradliklar, mening bolalarim”, “Har to‘kisda bir ayb” telespektakllari hamda “Olovli yo‘llar” va “Olmos kamar” filmlarida rollar ijro etgan.

Yillar davomida Yayra Abdullayeva turli spektakllarda xilma-xil obrazlarni yaratgan. Uning ijodiy faoliyati “Bobur”, “Alpomish”, “Kichkina odamlar” va “Kelgindi kuyov” kabi ko‘plab kinolarda davom etgan. Aktrisa “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Yayra Abdullayeva 2019-yil 14-mayda vafot etgan. Uning ijodi o‘zbek kinosi va teatri tarixida alohida o‘rin tutadi. Bugun, uning tavallud sanasi munosabati bilan, Gazeta aktrisaning filmlari asosida maxsus test tayyorladi. Muxlislar ushbu test orqali aktrisa ijodi haqidagi bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Source: www.gazeta.uz