Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishlariga kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo'lgan abituriyentlar 15-avgustdan 24-avgustga qadar (shu kunlar hisobiga) my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan onlayn tarzda apellyasiya arizasi topshirishlari mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Apellyasiya shikoyatini faqat test sinovlaridan o'tgan va ulardan chetlashtirilmagan abituriyentlar topshirishi mumkin. Arizani topshirgan abituriyentga ko'rib chiqish sanasi va vaqti ko'rsatilgan bildirishnoma yuboriladi.
Belgilangan vaqtda abituriyent shaxsini tasdiqlovchi hujjat va bildirishnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki bildirishnomada ko'rsatilgan boshqa joyga) kelishi shart. Apellyasiya shikoyatlarini ko'rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, 2026/2027-o'quv yili uchun bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha kirish test sinovlari yakunlari (mandat) 15-avgust kuni e'lon qilingan edi.
Source: www.uznews.uz