Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

15 va 16-avgust kunlari Toshkentdagi Humo Arena’da Comic Con Tashkent 2026 gik-madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik tadbir kino, seriallar, videoo‘yinlar, komikslar, anime va kospley muxlislarini bir joyga jamladi. Ikki kun davomida festivalga 15 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi, ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar ham bor edi.

Festivalning maxsus mehmonlari sifatida amerikalik aktyor Shon Fonteno — Grand Theft Auto V o‘yinidagi Franklin Klinton obrazining ovozi va prototipi, “G‘alati narsalar” serialidagi janob Klark roli bilan tanilgan Rendi Hevens, “Taxtlar o‘yini”da Xodor rolini ijro etgan Kristian Nern hamda Metal Family animatsion seriali mualliflari Alina Kovalyova va Dmitriy Vdovenko ishtirok etdi. Ular muxlislar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, avtograf va fotosessiyalar berdi.

Festival dasturi, shuningdek, Mualliflar alleyasini ham o‘z ichiga oldi. Bu yil ushbu maydonda 50 nafar rassom, dizayner va kreativ brend o‘z ishlarini namoyish etdi. Alohida zalda Game Con maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar uchun turli o‘yinlar va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirning markaziy voqealaridan biri 20 million so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega kospley tanlovi bo‘ldi. Hakamlar hay’ati tarkibiga qozog‘istonlik mashhur kospleyerlar Lara Nix (Lara Sergiyenko) va Mari Miyako (Marina Kuzmenko), shuningdek, 2024 va 2025-yillardagi Comic Con Tashkent g‘oliblaridan biri, o‘zbekistonlik kospleyer MR.EVIL kirdi.

Kospley tanlovi ishtirokchilari videoo‘yinlar, anime, komikslar, film va seriallar qahramonlarining obrazlarini mahorat bilan namoyish etdi. Festivalning umumiy atmosferasi gik-madaniyat muxlislari uchun unutilmas bayramga aylandi.

Source: www.gazeta.uz