Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Markaziy banki 18 avgustdan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini tasdiqladi.

AQSh dollari kursi 33,83 so‘mga pasayib, 11 857,35 so‘mni tashkil etdi. Bu so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

Qayd etilishicha, 2023-yil 8-avgustdan beri, ya’ni dollar 11 675,01 so‘mni tashkil qilgan paytdan boshlab, rasmiy kurs hech qachon hozirgi 11 857 so‘mdan pastga tushmagan.

Tijorat banklarida dollarni sotib olish kursi 11 800 – 11 885 so‘m, sotish kursi esa 11 400 – 11 900 so‘mni tashkil etmoqda.

Source: uznews.uz