Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati o‘zgarishsiz qolmoqda. 19-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida Diyor Imomxo‘jayev navbatdagi 4 yillik muddatga liga bosh direktori etib qayta tasdiqlandi.

Ligа matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 17-avgust kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnoma Ijroiya qo‘mitasiga yuborilgan. Unda liga bosh direktori lavozimiga Diyor Imomxo‘jayev nomzodi ilgari surilgan.

19-avgust kuni Ijroiya qo‘mitaning 8 nafar a’zosi masalani muhokama qilgan. Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, barcha a’zolar bir ovozdan Imomxo‘jayev nomzodini ma’qullagan va uni navbatdagi vakolat muddatiga bosh direktor sifatida tasdiqlagan.

Qarorga ko‘ra, amaldagi rahbar 2026-yil 19-avgustdan boshlab yana 4 yil davomida o‘z vazifasini bajarishda davom etadi. Bu uning ligadagi faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Diyor Imomxo‘jayev 2020-yildan buyon liga bosh direktori vazifasini bajaruvchi, 2022-yildan esa bosh direktor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning qayta tayinlanishi futbol rasmiylari tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda.

Source: www.gazeta.uz