Fuse Tea brendi yangi ta'mni taqdim etdi va uni shahar markazidagi maxsus zonalarda tatib ko'rishni taklif qilmoqda.
Yangi ta'm bilan tanishish va bayram kunlarini Fuse Tea atmosferasida o'tkazish imkoniyati Toshkent va Namanganda ochiladigan brend-zonalarda bo'ladi.
Toshkentda: Tashkent City Park — 29–31 avgust va 1 sentyabr; Anhor Park — 30–31 avgust, 1, 4–6 sentyabr.
Namanganda: Afsonalar Vodiysi — 4–6 va 11–13 sentyabr kunlari.
Tashrif buyuruvchilarni nafaqat yangi Fuse Tea ta'mini tatib ko'rish, balki do'stlar bilan vaqt o'tkazish uchun qulay joy kutmoqda.
Maydonda interaktiv o'yinlar va epchillik sinovlarida ishtirok etish, Fuse Tea sovg'alarini yutib olish mumkin.
Yangi Fuse Tea ta'mining taqdimoti do'kon peshtaxtasidan tashqariga chiqadi: brend yangilikni odatiy shahar muhitida — sayr qilish, dam olish va do'stlar bilan uchrashish paytida taqdim etadi.
Bu oila va do'stlar bilan bayram kunlarini o'tkazish va yangilikni birinchi bo'lib tatib ko'rish uchun ajoyib imkoniyat.
Source: uznews.uz