O‘zbekistonga Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 12 nafar voyaga yetmagan bola qaytarildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Bolalarning qaytarilishi 2026-yil 29-avgust kuni Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bola ombudsmani) ko‘magida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Voyaga yetmaganlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali mamlakatga yetib kelishdi.
Barcha 12 bola belgilangan tartibda yaqin qarindoshlariga topshirildi. Bolalarning oilalarda moslashuvi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarur ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha keyingi ishlarni ularning yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari davom ettiradi.
Source: podrobno.uz