30-avgust kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida havo harorati o‘tgan asrning eng yuqori ko‘rsatkichlariga yetdi yoki ularni yangiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Samarqandda havo +38 darajagacha qizidi, bu 1937-yilda kuzatilgan maksimal ko‘rsatkich bilan tenglashdi. Buxoroda esa termometrlar +39,3 darajani ko‘rsatdi, bu 1945-yilgi rekordni takrorladi.
Sirdaryo viloyatida harorat +38,1 darajani tashkil etdi, bu 2025-yilning shu kunidagi ko‘rsatkich bilan bir xil. Navoiyda esa +40,5 daraja bilan yangi rekord o‘rnatildi, avvalgi eng yuqori harorat 2010-yilda (+38 daraja) qayd etilgan edi.
Yozning so‘nggi kunida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +30…+35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +40…+42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda esa 20−22 m/s gacha yetishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo +33…+35 darajagacha isiydi. Shamol 3−8 m/s, ayrim joylarda 12−14 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin.
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. U yerda harorat +25…+30 daraja bo‘ladi, shamol esa 7−12 m/s, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Source: www.gazeta.uz