O‘zbekiston hududida 3,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari Buxoro viloyatining G‘azli shahri hamda Peshku va Jondor tumanlarida sezildi.
Zilzila 31 avgust kuni soat 14:58 da ro‘y berdi. Epitsentr G‘azli shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, bu haqda FVV Respublika seysmoprognoz monitoring markazi xabar berdi.
G‘azlida yer osti silkinishlari kuchi 3 ballni tashkil etdi. Peshku tumanida zilzila 2 ball darajasida, Jondor tumanida ham 2 ball darajasida sezildi.
Epitsentr Toshkentdan 504 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Source: podrobno.uz