Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatga Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi tezyurar poyezd yetib keldi.

Hozirda poyezd sinov rejimida harakatlanmoqda. U 415 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 160 km tezlikka erisha oladi.

Muntazam qatnov yo‘lga qo‘yilgach, Toshkent va Andijon o‘rtasidagi masofani poyezd taxminan uch soatda bosib o‘tishi kutilmoqda.

Hokimlik ta’kidlashicha, tezyurar poyezdning ishga tushirilishi mintaqalar o‘rtasidagi harakatchanlikni oshiradi va aholiga qulay sayohat qilish imkoniyatini yaratadi.

Source: uznews.uz