Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, juma kuni kunduzi O'zbekistonning katta qismida quruq ob-havo kutilmoqda. Faqat Orolbo'yi va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin. Havo harorati +32…+35 daraja, respublikaning shimoli-g'arbida +23…+28 daraja atrofida bo'ladi.

Dam olish kunlari O'zbekiston bo'ylab kam bulutli ob-havo, yog'ingarchiliksiz bo'lishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi va kunduzi +25…+30, ba'zi joylarda +32, janubda +35 darajagacha ko'tariladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 sentabr kunlari respublikaning ayrim joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, alohida hududlarda chang-to'zon bo'lishi mumkin.

O'zbekistonning tog'li hududlarida 11-12 sentabr kunlari qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin, 13 sentabrda yog'ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda juma kuni kunning birinchi yarmida kichik qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin. Harorat +33…+35 daraja bo'ladi.

Dam olish kunlari kam bulutli ob-havo, yog'ingarchiliksiz bo'lishi kutilmoqda. Harorat kechasi +16…+18, shanba kuni kunduzi +28…+30, yakshanba kuni +30…+32 daraja. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Source: uznews.uz