Toshkent shahrining Yangihayot, Mirobod va Yashnobod tumanlarida 15 va 16-sentabr kunlari tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" kompaniyasi filiali xabar berdi. Ta’kidlanishicha, gaz o‘chirilishi rejaviy ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
15-sentabr kuni Yangihayot tumanidagi "Yangi Darxon" mahallasida ayrim iste’molchilar gazsiz qoladi. O‘chirish ertalab soat 10:00 dan kechki 17:00 gacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida 68 ta xususiy uy va ikkita yirik ulgurji iste’molchi gaz ta’minotidan uziladi.
16-sentabr kuni ta’mirlash ishlari Mirobod va Yashnobod tumanlarida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda gaz ertalab 10:00 dan kechki 22:00 gacha o‘chiriladi. Mirobod tumanidagi "Tong yulduzi" mahallasida 14 ta ko‘p qavatli uy, 2100 ta kvartira va 350 ta xususiy uy gazsiz qoladi. Shuningdek, "Inokobod" mahallasida 7 ta ko‘p qavatli uy, 600 ta kvartira va 450 ta xususiy uy gaz ta’minotidan uziladi. Bundan tashqari, ushbu ikki mahalladagi sakkizta yirik ulgurji iste’molchi ham vaqtincha gazsiz qoladi.
Yashnobod tumanida "Yangi davr", "Nodira", "Donishmand" va "Xosiyat" mahallalari, shuningdek, "Assalom havo" turar-joy majmuasi aholisi gazsiz qoladi. "Yangi davr" mahallasida 15 ta ko‘p qavatli uy, 400 ta kvartira va 470 ta xususiy uy; "Nodira"da 250 ta xususiy uy; "Donishmand"da 5 ta ko‘p qavatli uy, 240 ta kvartira va 320 ta xususiy uy; "Xosiyat"da 8 ta ko‘p qavatli uy, 384 ta kvartira va 180 ta xususiy uy gazdan uziladi. "Assalom havo" turar-joy majmuasida esa 10 ta ko‘p qavatli uy va 480 ta kvartira gazsiz qoladi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan mahallalardagi 48 ta yirik ulgurji iste’molchiga ham vaqtincha gaz berilmaydi. "Hududgaz Poytaxt" filiali yetkazilgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi.
Source: podrobno.uz