O'zbekiston, Toshkent – AN Podrobno.uz. Mamlakatda bank kartasi qaysi idora tomonidan va nima sababdan bloklangani haqida tezkor ma'lumot olish imkonini beruvchi InfoCards tizimi ishga tushirildi.
Ma'lum qilinishicha, InfoCards axborot almashish tizimi Markaziy bank, tijorat banklari, to'lov tashkilotlari va to'lov tizimlari operatorlari tomonidan yo'lga qo'yilgan. Bu tizim banklarga kartani aynan qaysi huquqni muhofaza qilish organi, qachon va nima sababdan bloklaganini tezda aniqlash imkonini beradi.
Ilgari buning uchun Markaziy bankka murojaat qilishga to'g'ri kelar edi. Endi tartib ancha soddalashtirildi: karta egasi o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilishi kifoya. Bank xodimlari InfoCards orqali zarur ma'lumotlarni olib, mijozga blokirovka sababini tushuntiradilar.
Ta'kidlash joizki, 2026-yil 1-avgust holatiga ko'ra, O'zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 75,7 million donaga yetdi. Yil boshidan buyon bu ko'rsatkich 7,4 million donaga, ya'ni 10,9 foizga o'sgan. Bu esa aholining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi izchil oshib borayotganini ko'rsatadi.
Source: podrobno.uz