Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Xorazm viloyatida qattiq maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda. Loyiha 2026–2028-yillarda Janubiy Koreyaning Green Hammer kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi.

️ Prezident qaroriga ko‘ra, korxona kuniga 800 tonnaga yaqin chiqindini termik usulda qayta ishlash va yiliga 71 million kilovatt-soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Urganch tumanidagi “Yangi Organbok” mahallasida qurilish uchun 15 gektar yer ajratilishi ko‘zda tutilgan.

️ Stansiya ishga tushgandan so‘ng, Green Hammer kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “O‘zenergosotish”ga kafolatlangan tarzda sotadi. Chiqindilarni boshqarish agentligi esa o‘sha muddat davomida korxonani zarur hajmdagi qattiq maishiy chiqindilar bilan ta’minlash majburiyatini oladi.

️ Qurilish davrida loyiha kompaniyasi 7 million dollarlik bank kafolatini taqdim etishi kerak. Shuningdek, investor stansiyani yagona energetika tizimiga ulash uchun zarur elektr uzatish liniyalari va boshqa infratuzilmani quradi.

️ Avvalroq O‘zbekistonda umumiy qiymati 933 million dollar bo‘lgan chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oltita loyiha amalga oshirilishi ma’lum qilingan edi. Ular ishga tushgach, korxonalar yiliga 3,6 million tonna chiqindini qayta ishlash va 1,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Source: podrobno.uz