Prezidentning «Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoniga ko'ra, keyingi yildan boshlab tibbiyot, farmatsevtika va pedagogika xodimlariga har oylik ustamalar to'lanadi. Bu qaror soha xodimlarining moddiy rag'batlantirilishini kuchaytirishga qaratilgan.
Farmonga muvofiq, ustamalar bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga qo'shimcha ravishda belgilanadi. Bu esa tibbiyot xodimlarining real daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Ustama miqdorlari quyidagicha: bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va hamshiralar uchun — 1 eng kam ish haqi (1 360 000 so'm); magistratura tugatgan hamshiralar uchun — 2 eng kam ish haqi (2 720 000 so'm); oilaviy tibbiyot rezidenturasini tamomlagan oilaviy shifokorlar hamda shu yo'nalishda magistratura bitirgan pedagogik kadrlar uchun — 4 eng kam ish haqi (5 440 000 so'm).
Ushbu chora tibbiyot sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, ayniqsa, oilaviy shifokorlar va yuqori malakali hamshiralar uchun sezilarli moliyaviy rag'bat yaratadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur farmon tibbiyot ta'limi tizimini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishni ham nazarda tutadi. Bu esa kelajakda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga olib kelishi kutilmoqda.
Source: uznews.uz