2026-yilning 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bolalar farovonligi va kelajagiga bag‘ishlangan yirik xalqaro sammit o‘tkaziladi. Tadbirda 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Sammit dasturidan rasmiy ochilish marosimi, panel muhokamalari va ishtirokchilarning O‘zbekistonning ijtimoiy soha obyektlariga tashrifi o‘rin olgan. Muhokama mavzulari orasida bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, bolalar salomatligi, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim masalalari bor.
Forum doirasida bolalar onkologiyasi bo‘yicha II Xalqaro kongress ham bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarni birlashtirib, amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashning yanada samarali tizimini yaratish niyatida.
Qayd etilishicha, mazkur tadbir O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligini oshirish va ijtimoiy sohadagi islohotlarni targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Biroq, bunday yirik anjumanlarning amaliy natijalari va e’lon qilingan maqsadlarga erishish darajasi hali ham savot ostida qolmoqda.
Source: podrobno.uz