Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston Madaniy meros agentligi huzuridagi Abdulla Qahhor uy-muzeyi binosida ta'mirlash va modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan muzey faoliyati 2025-yil 21-sentabrdan 31-dekabrga qadar vaqtincha to'xtatiladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

Ta'mirlash ishlari davomida muzey ekspozitsiyasidagi barcha ashyolar xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda yechib olinadi. Fondlarda saqlanayotgan muzey buyumlarining saqlanishi va ularning xavfsiz joylashtirilishi ta'minlanadi. Shuningdek, Abdulla Qahhor uy-muzeyining barcha eksponatlari jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida O'zbekiston Davlat san'at muzeyiga vaqtincha ko'chiriladi.

Ta'mirlash-tiklash ishlari tugagach, yuqorida qayd etilgan muzey buyumlari barcha zarur xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda to'liq qaytariladi. Buyumlarni ko'chirish va qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda, tegishli qabul-qaytarish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.

Ta'mirlash va modernizatsiya ishlari yakunlangach, Abdulla Qahhor uy-muzeyi o'z faoliyatini qayta boshlaydi. Muzey ma'muriyati barcha tashrif buyuruvchilarga vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raydi va yangilangan muzey 2026-yildan boshlab yana eshiklarini ochishini ma'lum qiladi.

Source: podrobno.uz