O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yaylovlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish, suv ta’minotini tubdan yaxshilash hamda mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Respublikadagi mavjud 21 million 255 ming gektar yaylov yerlarining atigi 40 foizi yetarli darajada ishlatilayotgani aniqlanib, bu boradagi salohiyatni to‘la ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddi rahbarlarga joriy yil yakuniga qadar 620 ming gektar, kelgusi yilda esa 3 million 700 ming gektar yerni qayta tiklash vazifasi topshirildi. Shuningdek, yaylovlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda degradatsiyaga uchragan yerlar hajmini qisqartirish bo‘yicha kompleks dasturlar tasdiqlanishi belgilandi. Xususan, Navoiy viloyatida nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish orqali minglab gektar yerlarni o‘zlashtirish ishlari boshlangani ta'kidlandi.
Suv infratuzilmasini moliyalashtirish mexanizmlari ham kengaytirilmoqda. Uch yil davomida yuzlab yangi quduqlar burg‘ulanib, gidrotexnika inshootlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, chekka tumanlardagi mahallalarga jamoat yaylovlari imtiyozli ravishda uzoq muddatli ijajraga berilishi, bu esa qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Source: podrobno.uz