Poytaxtning jadal rivojlanib borayotgan hududida, Yunusobod tumani yaqinida joylashgan TURKISTON Avenue komfor-klass turar-joy majmuasi o'zining yangi bosqichini taqdim etishga hozirlik ko'rmoqda. Loyiha yopiq hudud, rivojlangan infratuzilma va dam olish zonalari bilan ta'minlangan to'laqonli yashash makoni sifatida barpo etilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur hududning istiqboli kelgusida qurilishi rejalashtirilgan yirik DENDRO PARK hisobiga yanada ortishi kutilmoqda. Maydoni 100 gektardan ortiq bo'lgan ushbu istirohat bog'ida piyoda yurish yo'laklari, sport maydonchalari va sun'iy ko'l barpo etilishi ko'zda tutilgan, bu esa mahalliy aholi uchun qo'shimcha qulayliklar yaratishi aytilmoqda.
High-tech uslubida loyihalashtirilgan 16 qavatli uylar monolit temir-beton karkas va bazalt fasad izolyatsiyasidan foydalangan holda qurilmoqda. Majmua hududi to'liq qo'riqlanib, 25 soatlik kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi, shuningdek, yerosti va yerusti avtoturargohlari mavjudligi rejalashtirilgan.
Xaridorlarga maydoni 24.8 kvadrat metrdan 80.9 kvadrat metrgacha bo'lgan bir, ikki va uch xonali xonadonlar taklif etilmoqda. Quruvchilarning ta'kidlashicha, mazkur bosqich uchun oldindan sotuvlar joriy yilning 21–28-oktyabr kunlari bo'lib o'tadi va bu davrda eng maqbul narxlar amal qiladi.
Source: uznews.uz