O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan O‘ktam Rustamovich Hamdamov favqulodda vaziyatlar vazirining Raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Mazkur kadrlar o‘zgarishi sohada axborot xavfsizligini kuchaytirish hamda zamonaviy IT-texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.
O‘ktam Hamdamov ushbu tayinlovga qadar axborot xavfsizligi sohasida samarali faoliyat olib borgan. Xususan, u “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasida mas’ul bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab, muhim axborot infratuzilmalarini himoya qilish bo‘yicha tajriba to‘plagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida so‘nggi paytlarda qator tizimli va kadrlar o‘zgarishlari amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Baxtiyor Rahmonqulov ham mazkur vazirlikning Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlangan edi.
Source: www.gazeta.uz