Germaniya O'zbekiston bilan qishloq xo'jaligi, jumladan, agrar mahsulotlar savdosi hamda ilmiy tadqiqotlar yo'nalishlarida aloqalarni chuqurlashtirish niyatida ekanligini bildirmoqda. Ushbu masalalar Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi federal vazirligi parlament davlat kotibi Martina Englxardt-Kopfning Toshkentga tashrifi doirasidagi muzokaralarning asosiy mavzusiga aylandi. Tashrif tafsilotlari haqida Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ma'lum qildi.
Ikki mamlakat vakillari agrar va oziq-ovqat sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, kelgusi agrar-siyosiy muloqot yo'nalishlarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Germaniya davlat kotibi bilan birgalikda mamlakatimizga yetakchi ishbilarmon doiralar va ilmiy jamoatchilik vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi. Ular savdo va ilmiy-tadqiqot faoliyatida o'zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini yaqindan o'rganmoqdalar.
Martina Englxardt-Kopf O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida muhim hamkor deb atagan holda, Berlin ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, respublika qishloq xo'jaligida salmoqli salohiyatga ega. O'z navbatida, Germaniya o'zining qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish strategiyasiga muvofiq hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatimiz qishloq xo'jaligi sohasida qator ichki muammolar va chaqiriklarga duch kelmoqda, bu esa zamonaviy yondashuvlarni talab qiladi. Avvalroq Qashqadaryo viloyatida qishloq xo'jaligini rivojlantirish orqali 200 ming kishi qo'shimcha daromad olishi mumkinligi xabar qilingan edi. Xususan, 100 ming gektar yaylovlarda qurg'oqchilikka va sho'rga chidamli ozuqa ekinlarini dronlar yordamida ekish rejalashtirilgan, biroq bu kabi loyihalarning samaradorligi va iqtisodiy barqarorligi ko'plab savol va shublalarni keltirib chiqarmoqda.
Source: podrobno.uz