Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sinoptiklarning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning noyabr oyida o'rtacha oylik havo harorati iqlimiy me'yorlar atrofida, ayrim hududlarda эsa me'yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo'lishi kutilmoqda. Mutaxassislar bu yilgi kuz faslining o'tish davri qanday kechishini tahlil qilishdi.

Oyning birinchi onkunligi nisbatan iliq kelishi bashorat qilinmoqda. Bu davrda kechasi havo harorati +5…+10 daraja atrofida, kunduzi esa +17…+22 darajagacha iliq bo'lishi ustunlik qiladi.

Shunga qaramay, ikkinchi va uchinchi o'nkunliklarda haroratning sezilarli darajada pasayishi kuzatiladi. Xususan, kechasi harorat +3…+8 darajadan -2…+3 darajagacha sovushi, kunduzi esa +15…+20 darajadan +5…+10 darajagacha o'zgarib turishi kutilmoqda.

Shuningdek, oy davomida ayrim kunlarda asosan yomg'ir ko'rinishidagi yog'ingarchiliklar bo'lishi prognoz qilinmoqda. Haroratning keskin pasayishi kuzatilgan paytlarda yomg'irning qisqa muddatli qorga aylanish ehtimoli ham istisno etilmaydi.

Oylik yog'ingarchilik miqdori ko'p yillik me'yorlar atrofida, ayrim joylarda esa me'yordan kam bo'lishi taxmin qilinmoqda, bu esa qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish jarayonlariga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin.

Source: uznews.uz