Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat sodir etilgani aniqlandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8 yoshli qizchaga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan fuqaroga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur mudhish hodisa joriy yilning 23-oktabr kuni ro‘y bergan. Aniqlanishicha, fuqaro Sh. R. o‘zining jinoiy niyatlarini amalga oshirish maqsadida 8 yoshli ojiza qizchaga nisbatan axloqsiz va buzuq xatti-harakatlarni sodir etgan. Holat yuzasidan zudlik bilan tuman huquq-tartibot idoralari xabardor qilingan.

Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergovchilar tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va mazkur jarayon prokuratura idoralari tomonidan alohida qat’iy nazoratga olingan.

Jinoyat oqibatida jabrlangan voyaga yetmagan qizning ruhiy va jismoniy holati mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda. Xususan, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari jabrlanuvchi hamda uning oilasiga zarur bo‘lgan ijtimoiy va psixologik ko‘mak berish ishlarini yo‘lga qo‘ygan.

Source: www.gazeta.uz