Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan mamlakatimiz hududida fuqarolarning diniy e'tiqod qilish huquqlaridan g'arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlar hamda noqonuniy migrant va ziyorat oqimlarini tashkil etishga qarshi kurashish tadbirlari davom ettirilmoqda. Yangi aniqlangan holatlarga ko'ra, Andijon va Farg'onada fuqarolarni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga ruxsatnomalarsiz jo'natishni va'da qilgan shaxslar qo'lga olindi.
Xususan, Andijon shahrida tezkor tadbir o'tkreshib, tegishli litsenziyaga ega bo'lmagan turistik firma xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo'yildi. U Baliqchi tumanida yashovchi fuqaroga uning to'rt nafar qarindoshini Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga 4,4 ming dollar talab qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o'tkazilgan qo'shma tadbir davomida gumondor ushbu mablag'ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
O'xshash holat Farg'ona viloyatida ham qayd etilgan bo'lib, Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi shaxs ikki nafar mahalliy fuqaroga Namangan viloyatidagi turistik kompaniya orqali Umra ziyoratini uyushtirib berishni va'da qilgan. U o'z xizmatlari uchun 2,1 ming dollar talab qilib, dastlabki 1 ming dollar miqdoridagi avansni olayotgan vaqtida qo'lga olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda Umra ziyoratini tashkil etish faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-sonli qaroriga muvofiq maxsus litsenziyani talab etadi. Ushbu qoidalar ziyoratchilarning huquqlarini himoya qilish hamda xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bo'lsa-da, aholining diniy ehtiyojlaridan foydalanishga urunuvchi firibgarlar hali ham uchrab turibdi. Avvalroq Toshkent va Farg'ona viloyatlarida ham shunga o'xshash noqonuniy holatlar aniqlangan edi.
Source: podrobno.uz