Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Raqamli to‘lovlar sohasida uzoq kutilgan o‘zgarishlar yuz bergani va kompaniyalarga xaridorlarning talablari o‘zgarib borayotgani haqida aniq signal berilgani aytilmoqda. Ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida Octobank internet-ekvayring xizmatini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlarga o‘z veb-saytlari va ilovalarida Apple Pay hamda Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etayotgani bildirilmoqda.

Octobank’ning transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilyevning so‘zlariga ko‘ra, xaridor kompaniya xizmatini yaxlit holda baholaydi va to‘lov jarayoni uning muhim qismi hisoblanadi. Agar mijoz Apple Pay yoki Google Pay’dan foydalanishga o‘rganib qolgan bo‘lsa-da, bu usulni saytda topmasa, boshqa muqobil izlashga majbur bo‘ladi. Natijada korxona xaridorini yo‘qotish xavfiga duch kelishi ta'kidlanmoqda.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Apple Pay va Google Pay xizmatlarini ulash buyurtmani rasmiylashtirishdagi harakatlar sonini qisqartirishga va jarayonni mijoz uchun tushunarli qilishga yordam beradi. Bu mahalliy va xalqaro xaridorlarning odatlariga moslashish hamda texnologik imkoniyatlarni o‘z xizmatining ustunligiga aylantirish imkonini berishi aytilmoqda.

Shuningdek, mazkur texnologiya aviatsiya, turizm va chakana savdo kabi turli sohalarda talabgir ekanligi qayd etildi. Bank hamkorlari qatoriga allaqachon Uzbekistan Airways, Centrum Air, ASIALUXE, MEDIAPARK va boshqa yirik kompaniyalar kirgani ma'lum qilindi. Octobank O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay bilan internet-ekvayring taqdim etuvchi kam sonli banklardan biri ekanligi qo‘shimcha qilindi.

Source: www.uznews.uz