Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini boshladi. Mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, turkiy mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan qator amaliy takliflarni bildirdi.

Davlat rahbari oʻz nutqida xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni soddalashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Jumladan, Oʻzbekiston yetakchisi turkiy davlatlar oʻrtasida xorijga chiqish pasportisiz, faqat ID-karta yordamida oʻzaro safar qilish imkoniyatlarini kengaytirishni taklif etdi.

Shuningdek, yigʻilishda turizm salohiyatini toʻliq ishga solish masalalari muhokama qilindi. Oʻtgan yilda mazkur mamlakatlarga 40 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgani taʼkidlanib, tarixiy shaharlar va boy madaniyatni dunyoga tanitish maqsadida Turkiy turizm alyansini tuzish tashabbusi ilgari surildi.

Oʻzbekiston tomonining fikricha, aholining safarlarini qulaylashtirish uchun koʻp tomonlama bitim ishlab chiqish zarur. Bu hujjat chegaradan oʻtish tartibini soddalashtirish va ID-kartalar asosida harakatlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni nazarda tutishi kerak.

Source: kun.uz