Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizdagi Xalqlar do‘stligi saroyida muxlislar uchun o‘ziga xos madaniy tadbir — musiqa, teatr san'ati va zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan «Aura» nomli keng ko‘lamli taqdimot bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, tomoshabinlarni ta'sirchan sahna bezaklari, o‘ziga tortuvchi vizual yechimlar hamda eksklyuziv liboslar kutmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur shouda jonli ijro ham taqdim etiladi. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari narxlar oshishidan oldin chiptalarni oldindan sotib olishni tavsiya qilmoqdalar. Chiptalarni Sxodim.uz sayti va uning qabulxonalaridan xarid qilish mumkinligi ma'lum qilindi.

Shu bilan birga, Anons.uz nashri obunachilari uchun chegirmali eksklyuziv promokod taqdim etilishi aytilmoqda. Qo‘shimcha ma'lumotlarni olish va tafsilotlar bilan tanishish uchun tashkilotchilar tomonidan ko‘rsatilgan raqamlar orqali bog‘lanish yoki rasmiy manbalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Source: uznews.uz