Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi 2026-yilning uchinchi choragi yakunlari bo'yicha poytaxt jamoat transporti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Ushbu hujjat shahardagi mavjud transport muammolarini va aholining kechki payt transport yetishmovchiligidan aziyat chekayotganini tan olishga majbur qilmoqda.

Mas'ul idoralarga joriy yilning 1-dekabriga qadar mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, 20 ta yo'nalishda avtobuslar harakatini soat 21:00 dan 23:00 gacha tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqish topshirildi. Mazkur ro'yxatga temiryo'l va avtovokzallar, xalqaro aeroport, metropoliten stansiyalari hamda aholi zich yashaydigan mavzelarni bog'lovchi 15 ta magistral va 5 ta ulovchi yo'nalishlar kiritilgan.

Qarorga ko'ra, kechki va tungi vaqtlarda avtobuslarning qatnov intervallari 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan. Shuningdek, bunday reyslarning jadvalini barcha bekatlar va raqamli ilovalarda e'lon qilish, ularning bajarilishini esa dispetcherlik xizmati orqali qat'iy nazorat qilish vazifasi qo'yildi.

Hujjatda tan olinishicha, soat 21:00 dan keyin poytaxtda jamoat transporti qatnovlari keskin kamayib ketadi yoki umuman to'xtab qoladi. Bu holat esa poytaxtning kechki va tungi iqtisodiy faolligiga jiddiy to'sqinlik qilib, aholiga ko'plab noqulayliklar tug'dirmoqda.

Source: uznews.uz