Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Haftaning ilk kunlarida respublika hududining katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Mutaxassislarning taqdim etgan ma'lumotlariga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari kunduzgi havo harorati +20 va +23 daraja atrofida bo‘lishi bashorat qilinmoqda.

Shunga qaramay, chorshanba kunidan boshlab ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelishi taxmin qilinmoqda. Xususan, 4-noyabr kuni Buxoro, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, kechki paytga borib respublikaning qolgan hududlarida ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Biroq respublikaning shimoliy va sharqiy qismlarida yog‘ingarchilik kuzatilmasligi taxmin qilinmoqda.

Mutasaddilarning xabar berishicha, 5-noyabrda mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida faqat kechasi hamda ertalabki soatlarda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Shundan so‘ng, 6-noyabr sanasida deyarli barcha hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli mavjud.

Ushbu davr mobaynida havo harorati kechasi +7…+12 darajani tashkil etsa, kunduz kunlari 4–5-noyabrda +18…+23 darajagacha, 6-noyabrga kelib esa +23…+25 darajagacha, janubiy hududlarda esa hatto +27 darajagacha isiydi. Shмол sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esishi, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir asta-sekin qorga aylanishi mumkinligi aytilmoqda.

Poytaxt Toshkent shahrida esa dushanba va seshanba kunlari tinch ob-havo kuzatiladi. Faqatgina 4-noyabr oqshomida va 5-noyabrga o‘tar kechasi hamda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Toshkentda harorat kechasi +8…+10, kunduzi esa +20…+22 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Source: kun.uz