Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy qilingan «Ikkinçi imkon» loyihasi özining ilk natijalarini bera boşladi. Loyihaga jalb etilgan mahkumlarning ingliz tilini özlaştiriş darajasi örtaça 89 foizni taşkil etadi. Bundan taşqari, tinglovçilarning 80 foizi “Kompyuter savodxonligi” kursini muvaffaqiyatli özlaştirgani loyihaning amaliy samaradorligi yuqori ekanidan dalolat beradi.
Bugungi kunda respublikaning 11 ta jazoni ijro etiş muassasasida 18-30 yoş oraliğidagi 300 dan ortiq mahkum ingliz tili va zamonaviy kasb-hunarlarni örganmoqda. Qisqa muddat - beş oylik faoliyat davomida qölga kiritilgan dastlabki natijalarning öziyoq loyihaning naqadar samarali ekanini körsatmoqda. Loyiha doirasidagi maşğulotlar 2026-yil 1-iyundan Toşkent, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida boşlandi.
Sinovlar natijalariga köra, tinglovçilarning 88,6 foizi ingliz tili, 79,5 foizi kompyuter savodxonligi böyiça boşlanğiç bilimlarni muvaffaqiyatli özlaştirgan. Eng yuqori natijalar Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etilib, Qiziltepadagi hamda Qarşidagi koloniyalarda özlaştiriş 100 foizni taşkil etdi.
Shaffoflikni taʼminlaş maqsadida jarayonga alohida ekspertlar jalb qilinib, nazorat sinovlari maxsus platformada har oyda ötkazib kelinmoqda. Eslatib ötish joizki, bu tashabbus Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bölib, uning asosiy maqsadi ozodlikka chiqqan insonlarning jamiyatga moslaşişiga kömaklaşişdir.
Source: kun.uz