Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Mamlakatimizda yoqilg'i-energetika sohasini bozor tamoyillariga o'tkazish hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qarorlar imzolandi. Hukumat tomonidan qabul qilingan tegishli hujjatlarga ko'ra, tabiiy gaz tarmoqlari mavjud bo'lmagan yoki uni yetkazib berish qiyin bo'lgan olis hududlardagi iste'molchilar uchun elektr energiyasining bazaviy me'yori 350 kilovatt-soatgacha oshirildi.

Shuningdek, aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlash mexanizmlari doirasida propanning chakana narxi har bir kilogramm uchun QQS bilan birga 5 ming so'm etib belgilandi. Shu bilan birga, «LPG-Trade» MChJ tomonidan aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berish xizmati uchun cheklangan narx har bir kilogramm uchun qo'shilgan qiymat solig'i bilan 1 300 so'm miqdorida belgilanishi ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gaz xarid qilish xarajatlarini qoplash maqsadida maxsus kompensatsiya joriy etildi. Unga ko'ra, xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 ming so'mdan, oyiga 20 kilogrammgacha bo'lgan hajmda kompensatsiya to'lab berilishi belgilandi, bu esa umumiy hisobda oyiga 60 ming so'mgacha yordam berishni anglatadi.

Source: kun.uz