Joriy yilning 5-dekabr sanasida Toshkent shahridagi zamonaviy CAEx maydonchasida mamlakatimizning eng mashhur blogerlari, san'atkorlari hamda minglab muxlislarini jamlaydigan yirik ko'ngilochar tadbir bo'lib o'tishi kutilmoqda. Tashkilotchilarning va'dalariga ko'ra, tadbir doirasida uchta yulduzli hedlayner chiqish qilishi, shuningdek, yilning eng faol va muvaffaqiyatli blogerlarini taqdirlash marosimi o'tkzilishi rejalashtirilgan.
Mazkur oqshom poytaxt madaniy hayotidagi muhim voqealardan biri bo'lishi va yig'ilganlarga unutilmas taassurotlar qoldirishi taxmin qilinmoqda. Tashrif buyuruvchilarni yorqin chiqishlar, shou-dasturlar va kutilmagan sovg'alar kutmoqda.
Qayd etilishicha, tadbir uchun chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan bo'lib, ularni BILETIM hamda ShowGo platformalari orqali xarid qilish mumkin.
Source: uznews.uz