Bahrayn poytaxti Manama shahrida 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida o'tkazilgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillari o'z hisobiga uchta bronza medalini yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi.
Musobaqaning shaxsiy bahslarida rapira yo'nalishi bo'yicha bahs olib borgan Ulug'bek Usmonov muvaffaqiyatli qatnashib, shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. Shuningdek, terma jamoa shpaga bo'yicha jamoaviy bellashuvlarda ham yana ikkita mukofotga sazovor bo'ldi.
Xususan, erkaklar va ayollar o'rtasidagi shpaga jamoalari o'z chiqishlarida bronza medallarini qo'lga kiritib, umumiy natijaga munosib hissa qo'shdilar. Bir hafta davom etgan qit'a birinchiligida o'zbekistonlik sportchilar jami uchta uchinchi o'rinni egallashdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston ayollar terma jamoasi Hindistonda o'tkazilgan Osiyo chempionatida sablya bo'yicha jamoaviy bahslarda ham bronza medallariga sazovor bo'lgan edi.
Source: podrobno.uz