Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyatida fuqarolarga shaxsiy hisobidan qarz berib, keyin ulardan o'n baravar ko'p miqdorda tilxat yozdirib olgan shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ma'lumotiga ko'ra, mazkur noqonuniy harakatlarni sodir etishda gumonlanayotgan Olmaliq shahrida tug'ilgan 48 yoshli Pavel Kim qo'lga olingan va unga nisbatan qonuniy choralar ko'rilmoqda.

Tergoh versiyasiga ko'ra, gumonlanuvchi moliyaviy yordam ko'rsatish niqobi ostida fuqarolarga mablag' berib, so'ng aldov yo'li bilan ulardan haqiqatdagi qarz summasidan o'n baravar ortiq bo'lgan qog'ozlarga imzo qo'ydirib olgan. Xususan, aniqlangan epizodlarning birida u fuqaroga bor-yo'g'i 800 AQSh dollari bergan bo'lsa-da, tilxatda bu summa 8 ming dollar qilib ko'rsatilgan va bu go'yoki qarzni qaytarish kafolati sifatida izohlangan.

Keyinchalik firibgar ushbu soxta tilxatlar yordamida fuqarolik sudlaridan o'z foydasiga qarorlar chiqarilishiga erishgani aniqlangan. Natijada jabrlanuvchilar og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan va ularning huquqlari jiddiy ravishda poymol etilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish ochilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shubhali shaxsning qilmishlaridan jabr ko'rgan boshqa fuqarolarni aniqlash bo'yicha tezkor tadbirlarni davom ettirmoqda. Jabrlanganlarga Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilish so'ralmoqda.

Source: podrobno.uz