Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida tashkil etilayotgan «Ishbilarmon ayol – 2026» ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari mamlakatimiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. Navbatdagi shunday tadbir Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tdi va unda mahalliy tadbirkor ayollar o‘z faoliyatini namoyish etdi.

Ma’lum qilinishicha, tanlab olish jarayonining dastlabki — mahalla bosqichida viloyatdagi 2017 ta mahalla to‘liq qamrab olindi. Mazkur bosqichda 10 ming nafardan ortiq ishbilarmon va tashabbuskor xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z biznes loyihalarini taqdim etdi. Hududiy bosqichda esa tadbirkor, hunarmand va fermer ayollar erishgan natijalari hamda istiqbolli tashabbuslarini namoyish etib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilardan biri Ra’no Bo‘taboyeva o‘z faoliyati davomida 70 nafardan ortiq xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlaganini, shuningdek, yana 30 nafardan ziyod ayolga kasanachilik orqali uyida turib daromad topish imkoniyatini yaratganini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan onalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir yakunida tanlovning faol ishtirokchilari partiyaning tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tashkilotchilarning fikricha, bunday loyihalar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va mahallalarda iqtisodiy faollikni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Source: kun.uz