Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston turizm va mehmonxona biznesi sohasidagi nufuzli xalqaro mukofot VETA Awards laureati bo'ldi.

Mukofot topshirish marosimi 24-fevral kuni Nyu-Dehlidagi ITC Maurya mehmonxonasida bo'lib o'tdi.

VETA Awards turizm sohasida ixtisoslashgan Versatile Media kompaniyasi tomonidan ta'sis etilgan bo'lib, bu mukofot hashamatli sayohatlar sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni tan oladi.

O'zbekistonning bu mukofotga sazovor bo'lishi mamlakat turizm sanoatining jadal rivojlanishini tan olish hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, yilning yanvar oyida O'zbekistonni deyarli bir million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan edi.

Source: podrobno.uz