Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalariga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda. Hududgaz Qoraqalpogʻiston gaz ta’minoti filiali ma’lumotiga ko‘ra, havo haroratining keskin pasayishi natijasida magistral gaz tarmoqlarida bosim tushishi kuzatilmoqda.

Shu sababli, birinchi navbatda yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barqaror gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Metan zapravkalariga bosqichma-bosqich vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda.

Mavjud holat 3-4 kun ichida ijobiy tomonga hal etilishi kutilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab havo haroratining pasayishi fonida vaqti-vaqti bilan shunga o‘xshash cheklovlar joriy etilgan.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, gazga bo‘lgan talab oshgan paytda gaz quvurlaridagi bosim pasayadi. Bunday davrda aholi, tibbiyot va ta’lim muassasalari, jamoat transportini gaz bilan ta’minlash ustuvor ahamiyat kasb etadi.

2-fevraldan boshlab AGTKSHlar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlagan, bungacha ikki hafta davomida ularning ishi keskin cheklangandi. Propan quyish shoxobchalari ishlashda davom etdi.

11-fevraldan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida metan zapravkalar odatdagi ish rejimiga qaytishni boshladi.

Source: www.gazeta.uz