Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

25-fevral kuni Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti bu haqda jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Yong‘in haqida xabar soat 14:47 da kelgan. Qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etgan, lekin dastlab jarohatlilar haqida ma’lumot yo‘q edi.

Keyinchalik, portlash oqibatlarini bartaraf etishda bir kishining jasodi topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli fuqaro beton plita bosib qolishi natijasida vafot etgan. Boshqa jarohatlilar haqida ma’lumot yo‘q.

Farg‘ona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud Tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Vazir o‘rinbosari Ramazon Ashropov tergov-tezkor guruhini tuzdi va zarur tadbirlarni amalga oshirishni buyurdi.

Source: www.gazeta.uz