Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

25-fevral kuni "Hududgaz Qoraqalpog‘iston" havo haroratining keskin pasayishi sababli respublikadagi metan zapravkalariga vaqtincha cheklovlar joriy etilayotganini e'lon qildi. Keyin bu xabar Telegram kanalidan o‘chirildi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi bu haqda bayonot berib, Qoraqalpog‘istondagi gaz zapravkalarda cheklov o‘rnatilmaganligini ta'kidladi. Vazirlikning xabariga ko‘ra, magistral gaz quvurlarida bosim bir me'yorda bo‘lib, barcha hududlardagi, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalar uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

"Hududgaz Qoraqalpog‘iston" ham qo‘shimcha ravishda respublika hududidagi AGTKSHlarga gaz yetkazib berish to‘liq tiklanganini ma'lum qildi. "Hozirgi vaqtda barcha AGTKSHlarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘liq tiklangan. Shoxobchalar belgilangan tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

Source: www.gazeta.uz