Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Smolniyda, bolani qutqargan Xayrullo Ibadullayevga mukofot topshirdi. Bolaning yettinchi qavatdan yiqilib tushgani haqida shahar ma'muriyati xabar berdi.

Ibadullayev jasorati va fidoyiligi uchun "Qutqarishdagi jasorat uchun" nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, gubernator unga esdalik soati sovg'a qildi.

Beglov marosimda Ibadullayevni o'z xavf-xatarini o'ylamay, yetti yoshli bolaning hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ibadullayev 2025-yil dekabridan Sankt-Peterburgda tozalash kompaniyasida ishlaydi.

Source: kun.uz