Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Isroil prezidenti Yitzhak Gertsog Bosh vazir Binyamin Netanyahuning korrupsiya ayblovlari bo‘yicha afv etish iltimosini rad etdi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.

Netanyahuga 2019-yilda bir nechta korrupsiya ishlari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan edi. U ayblovlarni rad etib, o‘tgan yilning noyabrida prezidentga afv etish iltimosini yuborgan.

Avvalroq Gertsog Netanyahuning afv etish masalasini kechiktirgan va bosh vazir bilan bosh prokuror o‘rtasida aybni tan olish kelishuvi bo‘yicha vositachi bo‘lishni niyat qilgan edi.

Prezident devonidagi manbalarga ko‘ra, Gertsog “afv etish yoki etmaslik”dan tashqari ko‘plab variantlar mavjudligini ta’kidlagan. “Prezident Yitzhak Gertsog Netanyahuning ishi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishishni to‘g‘ri va munosib yechim deb hisoblaydi”, dedi prezident matbuot kotibi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Netanyahuni afv etishni talab qilmoqda. U Gertsogni bu qarorga kelmagani uchun “kuchsiz va ayanchli” deb atadi. “Men Bibi [Netanyahu] urushga e’tibor qaratishini xohlayman, bema’ni narsalarga emas”, dedi Tramp.

Netanyahuga qarshi korrupsiya tergovi 2016-yil dekabrida boshlangan. U milliarder va Gollivud prodyuseridan o‘n minglab dollarlik sigar va shampan vinosini shaxsiy xizmatlar evaziga olganlikda, shuningdek, media magnatlariga o‘z faoliyati va oilasi haqida ijobiy yoritish evaziga xizmat ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.

Source: kun.uz